Kaltaklangan maktab direktori ahvoli og‘irligicha qolmoqda

Eltuz
Eltuz
280.2 هزار بار بازدید - 10 ماه پیش - O‘lasi qilib kaltaklanganidan ikki kun
O‘lasi qilib kaltaklanganidan ikki kun o‘tgan esada, Sariosiyodagi 28-maktab direktori Umida Tursunovaning ahvoli og‘irligicha qolmoqda.
Yaqinlari uning so‘nggi ahvoli tasvirlangan videoni yo‘llashdi.
Ular Umida Tursunova bir umrga nogiron bo‘lib qolishi mumkinligidan xavotirda.
“Ahvoli videoda ayon. Bosh miyada jarohatlar ko‘p. Litrlab qon yo‘qotgan. Tomog‘idan ovqat o‘tmayapti,” deydi Eltuzga video yo‘llagan Umidaning yaqinlaridan biri.  
U shuningdek Umida Tursunovani o‘lasi qilib do‘pposlagan shaxs boshqalarni ham urganini da'vo qildi.  
"Anovi psixning zarbasidan 3-4 soatga hushidan ketganlar bor. Lekin erlari ijtimoiy tarmoqlarga chiqsang, ajrashamiz deganmish," dedi Umida yaqinlaridan biri. Videoda shuningdek Surxondaryo viloyati hokimining Umida Tursunova bilan suhbatlashayotganini ko‘rish mumkin.
10 ماه پیش در تاریخ 1402/06/11 منتشر شده است.
280,230 بـار بازدید شده
... بیشتر