Jamoat xavfsizligi universiteti

Xalq so'zi Online
Xalq so'zi Online
1.5 هزار بار بازدید - 7 ماه پیش - #xs_uz
#xs_uz #narodnoeslovo

Аyni kunlarda mamlakatimizda Qurolli Kuchlar tashkil etilganining 32 yilligi hamda 14– yanvar — Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan turli maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar, davra suhbatlari va uchrashuvlar oʼtkazilmoqda. Ularda oʼz hayotini Vatan himoyasidek ulugʼ ishga bagʼishlagan azmu shijoatli harbiylarimiz sharaflanib, xalqimiz tinchligi hamda xavfsizligi yoʼlidagi xizmatlari eʼtirof etilayotir.
Harbiylarimizning yerda va koʼkda, suvda hamda quruqlikda olib borayotgan mardona xizmatlari tufayli osmonimiz musaffo, farzandlarimiz, moʼʼtabar onalarimiz, nuroniylarimiz xotirjam yashashyapti, yurtimiz obod, xalqimiz hayoti esa farovon.
Prezidentimiz raisligida joriy yil 2 – yanvar kuni boʼlib oʼtgan mudofaa qurilishi va Oʼzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarini rivojlantirish masalalariga bagʼishlangan yigʼilishda qoʼshinlarning jangovar shayligi hamda jangovar qobiliyatini yanada oshirish, ularni zamonaviy qurol-yarogʼ va harbiy texnika bilan taʼminlash, mavjud qurol-yarogʼ namunalarini modernizatsiya qilish kabi ustovor vazifalar muhokama qilindi. Shu bilan birga, oliy harbiy taʼlim muassasalarining faoliyat samaradorligini oshirish, harbiy kadrlarni ilgʼor texnologiyalar asosida tayyorlash boʼyicha ham zarur koʼrsatmalar berildi.
Taʼkidlash joizki, davlatimiz rahbarining “Jamoat xavfsizligini taʼminlash sohasida professional kadrlarni tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi qaroriga muvofiq, Milliy gvardiya Harbiy-texnik instituti Oʼzbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti etib qayta tashkil etilgan edi.
Bugungi kunga kelib Jamoat xavfsizligi universitetida 15 ta bakalavriat taʼlim yoʼnalishi hamda 8 ta magistratura mutaxassisliklari boʼyicha kunduzgi va sirtqi shakllarida kadrlar tayyorlanmoqda.
2021– yildan boshlab Qurolli Kuchlar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar harbiy xizmatchilari va talabalarni 1 yillik magistraturada oʼqitish yoʼlga qoʼyilib, uning diplomi Qurolli Kuchlar va Ichki ishlar vazirligi Аkademiyasilari magistraturasi hamda xorijiy mamlakatlar harbiy akademiyalarini tamomlaganlik toʼgʼrisidagi diplomlarga tenglashtirildi. Mazkur oliy taʼlim muassasasida birinchi marta umumfuqaroviy asosda talabalarni oʼqitish yoʼlga qoʼyilib, hozirda yuzdan ziyod talabalar eng ustuvor taʼlim yoʼnalishlari boʼyicha tahsil olishayotir.
Universitetda Milliy gvardiya va Qurolli Kuchlarning barcha kuch tuzilmalari hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlar uchun sirtqi shaklda kadrlar tayyorlanadi.
Bu hali hammasi emas. Ushbu universitetda Oʼzbekiston Respublikasi Oliy Аttestatsiya Komissiyasi Rayosatining qarori bilan yuridik va harbiy fanlar boʼyicha ilmiy darajalar beruvchi doimiy tartibdagi ochiq va yopiq Ilmiy kengashlar faoliyati ham yoʼlga qoʼyildi.
Аlohida taʼkidlash lozimki, hozirgi kunda Jamoat xavfsizligi universitetining ilmiy salohiyati 75 foizdan ortiqni tashkil qilmoqda. Shundan, umumiy hisobda ilmiy darajaga ega boʼlgan 45 nafar fan doktorlari, 105 nafar fan nomzodlari, ilmiy unvonga ega boʼlgan 37 nafar professorlar, 100 dan ortiq dotsentlar faoliyat olib bormoqda.
Davlatimiz rahbarining tegishli qarori asosida oʼtgan yildan boshlab, universitetda xorijiy davlatlarning harbiy kadrlarini oʼqitish tizimi joriy etildi. Аyni paytda Turkiya, Qozogʼiston, Tojikiston va Qirgʼiz Respublikalaridan universitetda tahsil olish uchun takliflar mavjud. Universitetda Milliy gvardiya, Prokuratura, Davlat xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar, Mudofaa, Favqulodda vaziyatlar vazirliklari va oliy taʼlim muassasalaridan jami 400 ga yaqin mustaqil izlanuvchilar ilmiy tadqiqot faoliyatini amalga oshirmoqda.
Oxirgi besh yilda universitet professor-oʼqituvchilari tomonidan tayyorlangan 249 ta yangi avlod darsligi, 330 dan ortiq oʼquv qoʼllanmalar kadrlar intellektual salohiyatini oshirishda muhim omil boʼib xizmat qilmoqda.
Umuman olganda, mamlakatimizda harbiy kadrlarni zamonaviy texnologiyalar asosida tayyorlash boʼyicha yoʼlga qoʼyilgan yangi tizim kelgusida harbiy xizmatchilarning intellektual salohiyati, qolaversa, ularda yurtga sodiqlik va vatanparvarlik tuygʼularini yanada yuksaltirishga xizmat qiladi. Zero, mutafakkir shoir Аlisher Navoiy bobomiz aytganlaridek, bu dunyoda er yigitning eng buyuk, ezgu va muqaddas vazifasi, avvalo, oʼz oilasi, Vatani va xalqini munosib himoya qilishdan iboratdir.
7 ماه پیش در تاریخ 1402/10/18 منتشر شده است.
1,576 بـار بازدید شده
... بیشتر