Pishloq-qo’ziqorinli usti ochiq pirog

Zira.uz
Zira.uz
838 بار بازدید - 5 سال پیش - Masalliqlar:XAMIRIGA:230 gramm un150 gramm margarin
Masalliqlar:
XAMIRIGA:
230 gramm un
150 gramm margarin yoki sariyog’
3 osh qoshiq smetana
1 choy qoshiq qabartma
0.5 choy qoshiq tuz
1-2 osh qoshiq muzdek suv
ASOSIGA:
250 gramm shampinyon
200 gramm piyoz
100 gramm qaynatilgan tovuq go’shti
1 choy qoshiq sarimsoqpiyoz kukuni
250 gramm eritilgan pishloq
3 ta tuxum
1 choy qoshiq italyancha xushbo’y ziravorlar
qovurish uchun o’simlik yog’i
ta’bga qarab tuz va murch
1.Tog’orachaga un, qabartma, tuz va sariyog’ni solamiz, qo’lda ishqalab, kukunsimon shaklga keltiramiz.
2.Smetanani solib, xamir qoramiz. Agar xamir juda ham quruq bo’lsa, unda ozgina muzdek suv qo’shamiz.
3.Xamirni aylana shaklga keltirib, 60 daqiqaga sovutgichga olib qo’yamiz.
4.Tovaga yog’ solib, to‘g’ralgan piyozni qovurib olamiz. Qo’ziqorinlarni ham to‘g’rab solamiz. Ustidan tovuq go’shti, ziravorlarni sepib, aralashtiramiz.
5.Qo’ziqorinlarning suvi bug’lanib ketgunga qadar qovurib olamiz.
6.Tuxumlarni kichikroq idishga chaqib solamiz, saanchiqda ko’pirtiramiz. Pishloqni qirg’ichdan chiqarib olamiz va tuxumlarga qo’shib aralashtiramiz.
7.Tuxumli aralashmani biroz sovigan qo’ziqoronli massaga solib, aralashtiramiz.
8.Xamirni olib, aylanasi 222-24 sm li qolipga yoyib to’shaymiz, chetlarini bosib, «devor» (bortik) hosil qilamiz.
9.Xamir ustidan aralashmani quyib, 170 C darajada qizigan pechda, 60 daqiqa davomida yoki usti qizargunga qadar pishirib olamiz.
10.Pirogni biroz sovutib, qolipidan ajratamiz, so’ng esa kesib, dasturxonga tortamiz.
Yoqimli ishtaha!

Yanada ko'proq retseptlar — https://zira.uz da

Facebook: https://www.fb.com/zirauz
Instagram: Instagram: zirauz
O'zbek tilidagi telegram: https://t.me/zirauzuz
Rus tilidagi telegram: https://t.me/zirauz
Telegramdagi guruh: https://t.me/zirauz_chat
Tahririyat raqami: (+99899) 837−15−15
Reklama bo'limi raqami: (+99878) 148−14−15
5 سال پیش در تاریخ 1398/04/14 منتشر شده است.
838 بـار بازدید شده
... بیشتر