Oilali erkakni yo'ldan urgan qiz | "Otalar so'zi - aqlning ko'zi" (26.05.2023)

Mahalla Telekanali
Mahalla Telekanali
1.8 میلیون بار بازدید - پارسال - "Otalar so‘zi-aqlning ko‘zi" tarbiyaviy filmlar
"Otalar so‘zi-aqlning ko‘zi" tarbiyaviy filmlar turkumidan
"Mahalla" telekanali
"Otalar so‘zi-aqlning ko‘zi" ko‘rsatuvini Bahodir ota Nishonov olib boradilar. Sizlar bilan hali ko‘p dasturlar orqali diydorlashamiz degan umiddamiz. Ma’lumingizkim, ijodiy guruhimiz ibratli novellalarni tomoshabinlardan kelgan xatlar asosida tayyorlashadi.
"Otalar so‘zi - aqlning ko‘zi" dasturlarida hayotimizda uchraydigan illatlar, hayotiy voqealar asosida telenovellalar tayyorlab yurtdoshlarimiz e’tiboriga havola qilib kelinmoqda.
Yurtimiz quyoshli, buyuk tarixiy insonlar yashagan, Buyuk Ipak Yo‘li o‘tgan ajoyib, betakror, ming asrlik an’analar va madaniyatiga ega o‘lka.
Betakror, so‘lim go‘shalarga ega O‘zbekistonimiz, ko‘ngli ochiq xalqimiz, o‘tib ketgan bobo-kalonlarimiz, hozirda mustaqillikka erishgandan keyingi yutuqlarimiz haqida qancha gapirsak ham ozdir.
Bugungi kunda bizning quyoshli o‘lkamizga dunyo xalqlarining qiziqishi tobara oshib kelmoqda. Yurtimizdagi tarixiy obidalar, an’analarimizga, madaniyatimizga, matolarimizga, arxitekturamizga, hunarmandlar tomonidan qilingan ishlariga, sayyohlar e’tibori kun sayin ortib bormoqda.
Mutaxassislarning fikricha, dunyo tarixida ilk Sharq Uyg‘onish davri — Musulmon Renessansi, deb nom olgan o‘rta asrlar va undan keyingi zamonlarda bugungi O‘zbekiston zaminidan yetishib chiqqan alloma va mutafakkirlarning jahon ilm-fani va madaniyati, muqaddas islom dini rivojiga qo‘shgan hissasi dunyo ilmiy jamoatchiligi tomonidan haqli ravishda tan olingan. Bu meros yana shunisi bilan qadrliki, u tarixning o‘ta murakkab, ziddiyatlarga, sinovlarga to‘lib toshgan og‘ir davrlarida allomalarimizning ming zahmati, ma’naviy jasorati, fidoyiligi, benazir aqliy zakovati bilan bunyod etilgan.
Shu bilan birga, jahon tarixida «Amir Temur va temuriylar renessansi», degan nom bilan alohida o‘rin egallaydigan davrda yaratilgan ilm-fan, madaniyat va me’morlik durdonalarini islom madaniyatining nainki yurtimizdagi, balki butun musulmon olamidagi yuksalish davri sifatida ko‘rsatish muhimligini davlatimiz rahbari ko‘p bora aytmoqda. Bularning bari tabarruk zaminimiz Islom ma’rifati, ilm-fan, nurli taraqqiyotning rostmana, haqiqiy markazi bo‘lganini anglatmoqda, deb ming bor aytish, faxrlanish, bu merosga munosib bo‘lish qanchalar shukuhli, ham mas’uliyatli.

"Otalar so'zi - aqlning ko'zi" telenovellasining ushbu sonida oilali erkakni yo'ldan urgan qiz va shayton yo'ldan urgan erkakning buzilib ketgan oilasi haqida so'z boradi.

#mahalla #tv #uzbekistan #world #mtrk #city #novel #umr #ota #aqli #television
پارسال در تاریخ 1402/03/07 منتشر شده است.
1,801,216 بـار بازدید شده
... بیشتر