Qoraqalpog‘iston: Harbiylarning guvohligi va mustaqil tergovga savollar

Ozodlik Radiosi
Ozodlik Radiosi
222.2 هزار بار بازدید - 2 سال پیش - Қорақалпоғистонда камида 18 кишининг ўлимига
Қорақалпоғистонда камида 18 кишининг ўлимига сабаб бўлган оммавий намойишлар бўйича мустақил текширув ўтказиш чақириқлари фонида Ўзбекистон ҳукумати воқеалар борасида расмий версияни дастакловчи видеоматериалларни эълон қилди.

Ушбу видеоларда тартибсизликларга айланиб кетган намойишларни бостиришда иштирок этган ҳарбийлар ва бошқа куч тузилмалари вакиллари Нукусдаги намойишчиларга ўқотар қурол ишлатилмаганини таъкидлашади.

Президент Шавкат Мирзиёев Нукус воқеалари бўйича терговга жамоатчилик вакиллари ва фаоллар ҳам жалб этилишини маълум қилди. У куч тузилмаларининг намойишчиларга қарши қанчалик мутаносиб куч ишлатгани ҳам текширилиши, нотўғри куч ишлатилган ҳолатлар аниқланса, жавобгарлар амалдаги қонунчилик бўйича жазога тортилишини айтди.

Бу Мирзиёевнинг воқеалар юзасидан ҳар томонлама ва холис тергов ўтказиш ҳақидаги халқаро, жумладан, Қўшма Штатлар ва Европа Иттифоқининг чақириқларига жавоби сифатида кўрилмоқда.

🔴 https://t.me/ozodlikkanali kanaliga obuna bo'ling!

🔴 Bizga xabar yo'llash uchun 👉 @ozodnews

Qoraqalpog‘istonda kamida 18 kishining o‘limiga sabab bo‘lgan ommaviy namoyishlar bo‘yicha mustaqil tekshiruv o‘tkazish chaqiriqlari fonida O‘zbekiston hukumati voqealar borasida rasmiy versiyani dastaklovchi videomateriallarni e’lon qildi.

Ushbu videolarda tartibsizliklarga aylanib ketgan namoyishlarni bostirishda ishtirok etgan harbiylar va boshqa kuch tuzilmalari vakillari Nukusdagi namoyishchilarga o‘qotar qurol ishlatilmaganini ta’kidlashadi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Nukus voqealari bo‘yicha tergovga jamoatchilik vakillari va faollar ham jalb etilishini ma’lum qildi. U kuch tuzilmalarining namoyishchilarga qarshi qanchalik mutanosib kuch ishlatgani ham tekshirilishi, noto‘g‘ri kuch ishlatilgan holatlar aniqlansa, javobgarlar amaldagi qonunchilik bo‘yicha jazoga tortilishini aytdi.

Bu Mirziyoyevning voqealar yuzasidan har tomonlama va xolis tergov o‘tkazish haqidagi xalqaro, jumladan, Qo‘shma Shtatlar vaYevropa Ittifoqining chaqiriqlariga javobi sifatida ko‘rilmoqda.

Uzbek | Uzbekistan | Ozbekiston | Ozbek | Yangiliklar | Xabarlar | Mirziyoyev | Tezkor |

#ozodlik #karakalpakstan #uzbekistan #mirziyoyev
2 سال پیش در تاریخ 1401/04/22 منتشر شده است.
222,273 بـار بازدید شده
... بیشتر