UZIMEI, IMEI UZ TELEFONINGIZ ISHLAMAY QOLSA!!!

Sarvar Rakhmanov
Sarvar Rakhmanov
15.4 هزار بار بازدید - 4 سال پیش - #UZIMEI
#UZIMEI #IMEIUZ

Qurilma klaviaturasida *#06# kombinatsiyasini kiritib, mobil qurilmaning IMEI-kodini/kodlarini bilib olish mumkin. Bundan tashqari, ushbu kod qurilmani qutisida, kafolat kartasida va ayrim qurilmalarni batareyasi ostida yozilgan bo‘ladi.

Mobil qurilma jismoniy shaxs tomonidan import qilingan bo‘lsa, mobil qurilmaning IMEI-kodini/kodlarini ro‘yxatdan quydagi yo‘llar bilan o‘tkazish mumkin:

Tizim operatorining veb-saytida: www.uzimei.uz;
1170 qisqa raqamiga SMS yuborish orqali;
*1170# USSD so‘rov orqali;
O‘zbekiston Respublikasi interaktiv davlat xizmatlari yagona portali veb-saytida: www.my.gov.uz;
UZIMEI tizimi operatorida (Toshkent shahri, Olmazor tumani, Sebzor dahasi, 18-A, mo‘ljal: 240 ATS binosi);
Pochta aloqa bo‘limlarida.
SIM-karta o‘zgarishidan qat'iy nazar IMEI-kod bir maratoba ro‘yxatdan o‘tkaziladi.

Agar jismoniy shaxs respublika hududiga qonunchilik tarafdan belgilangan miqdordan bojsiz mobil qurilma olib kirsa, kirim orderini rasmiylashtirishi zarur. Tizim operatori ushbu hujjat asosida mobil qurilmaning IMEI-kodini/kodlarini ro‘yxatdan o‘tkazadi. Ushbu reglament O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining № 3512-sonli qarori, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 463-sonli qarori, O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qomitasining № 526-sonli tartibi bilan o‘rnatilgan.

https://uzimei.uz/#faq
4 سال پیش در تاریخ 1399/07/15 منتشر شده است.
15,467 بـار بازدید شده
... بیشتر